17-19-noyabr kunlari Toshkentda Shveysariya kunlari bo‘lib o‘tadi

17-19-noyabr kunlari Toshkentda Shveysariya kunlari bo‘lib o‘tadi
2022-11-11 15:16

O‘zbekiston-Shveysariya munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari, rejalashtirilayotgan qo‘shma tadbirlar, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ishlab chiqilayotgan kelishuvlar loyihalari muhokama qilindi.

O‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar 17-19 noyabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston ishbilarmon doiralari va Shveysariya kompaniyalari vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan Shveysariya kunlariga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha turli yo‘nalishlarda, xususan, parlamentlararo hamkorlik va sarmoya kiritish sohasida aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net