
Shuningdek, 32 nafar fuqarolar, shundan 13 nafar O‘zbekiston fuqarolari turli darajada tan-jaroxatlari olgan, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda. Jabrlangan barcha fuqarolar Korday tumanidagi shifoxonaga yotkazilgan. Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi elchixonasi xodimlari zudlik bilan etib borishgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan hamkorlikda barcha zaruriy choralar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev topshirig‘iga ko‘ra Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillaridan iborat hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya a’zolari voqea joyiga jabrlanganlarga yordam berish va yo‘l-transport hodisasi sabablarini o‘rganish uchun chiqishgan. Hukumat komissiyasiga Qozog‘iston tomoni bilan kelishgan holda vafot etgan va jabrlanganlarni vataniga qaytarish va ularning oila a’zolariga barcha zarur yordamni ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berilgan.