O'ZBEKISTON DELEGATSIYASI ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI SAMMITIDA QATNASHADI

O'ZBEKISTON DELEGATSIYASI ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI SAMMITIDA QATNASHADI
2019-05-29 10:54

Tadbirlarda IHT sammitlari hamda vazirlar darajasidagi anjumanlarda qabul qilingan qarorlarni bajarish mexanizmlari bo’yicha fikr almashildi, turli mintaqalarda davom etayotgan ziddiyatli vaziyatlar muhokama qilindi. Xususan, Afg’onistondagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash yo’lida qo’yilayotgan amaliy qadamlar ijobiy baholandi.

 Tashkilotga a’zo mamlakatlar vakillari xalqaro terrorizmning barcha shakllari va ko'rinishlariga qarshi kurashishda qat’iy turishini yana bir bor tasdiqladi.

 2019-yil 31-may – 1-iyun kunlari Makka shahrida bo'lib o'tadigan IHTning 14-sammiti kun tartibidagi masalalar va yakuniy bayonot loyihasi qatnashchilar tomonidan ko'rib chiqildi.

 Ta’kidlash joizki, ushbu sammit Islom hamkorlik tashkilotining 50 yilligi arafasida o’tkazilmoqda. Sammitda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etadi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net