Konstitutsiyaviy komissiya raisi BAAda vatandoshlar bilan uchrashdi

Konstitutsiyaviy komissiya raisi BAAda vatandoshlar bilan uchrashdi
2022-10-08 19:06

Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov ishtirokchilarga so‘nggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, Samarqandda o‘tkazilgan SHHT sammiti yakunlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

-Taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar umumxalq muhokamasidan o‘tkazildi, ular, shuningdek, Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan batafsil tahlil qilinganidan keyin eng maqbullari Bosh qomusimizga kiritiladi, - dedi – Akmal Saidov. - Yurtdoshlarimizning hohish-istaklari “meningkonstitutsiyam.uz” portali orqali qabul qilindi.

Davra suhbati ishtirokchilari konstitutsiyaviy islohotlarga oid barcha savollariga Komissiya raisidan javob oldi.

Bo‘lib o‘tgan muloqot yakunida BAAda istiqomat qilayotgan vatandoshlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, xususan, konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yakdil ekanliklarini bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net