
Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni шдшй qutladi va mas’uliyatli vazifasini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi hamda oliy va yuqori darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilindi.
Zafar Yuldashkulov olgan surat