BMT BOSH KOTIBINING O‘RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

BMT BOSH KOTIBINING O‘RINBOSARI BILAN UCHRASHUV
2018-11-21 12:27

Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT hamkorligining dolzarb masalalari, uning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Qayd e’tilganidek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar bermoqda.

BMT vakili O‘zbekiston olib borayotgan mintaqaviy siyosatni, respublikaning qo‘shni davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qaratayotgan alohida e’tiborini qullab-quvvatlashini bildirdi. “Zamonaviy dunyoda intilish kerak bo‘lgan va eng sezilarli natija beradigan ayni standart mana shudir”, – dedi Maykl Myoller.

Uchrashuv davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Suhbatda BMT Rezident-koordinatori, BMT Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzer ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net