
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasi uchastkasida amalga oshirilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, 2018-yilda bajarilgan ishlar sarhisob qilindi hamda 2019-yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.
O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiyasi qilishning normativ hujjatlari loyihalari ustidagi ishlar yakunlandi.
Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va hamfikrlilik ruhida bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakunida Bayonnoma imzolandi.