
Vazir Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi boshlanishi bilan tabrikladi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Kipr aloqalari holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, hamkorlikni istiqbolli yo‘nalishlarda, jumladan O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklida va xalqaro tashkilotlar doirasida mustahkamlash va yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralarda o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar jarayoni ko‘rib chiqildi, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniyat, ta’lim, fan va sport sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni tayyorlash va imzolashga qiziqish bildirildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqa siyosatiga oid ba’zi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.