
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkaziladi va tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Tashrif doirasida Havo qatnovi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu xususan Luksemburgning “Cargolux” aviakompaniyasi tomonidan 2020-yildan e’tiboran Osiyo mamlakatlariga tranzit orqali tashish uchun “Navoiy” transport markazidan foydalanish rejalari bilan bog‘liqdir.