O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI SHHT TIVK MAJLISIDA ISHTIROK ETDI

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI SHHT TIVK MAJLISIDA ISHTIROK ETDI
2019-05-22 13:21

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ShHT Bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirokida Bishkek shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildilar.

Vazirlar majlis kun tartibi, Sammitda imzolanishi kutilayotgan hujjatlar, jumladan a’zo davlatlar rahbarlarining Bishkek deklaratsiyasi loyihalarini ko‘rib chiqdilar, ShHT Bosh kotibining Kotibiyatning o‘tgan yil davomidagi faoliyati to‘grisdagi hisobоtini tingladilar.

Majlis doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

22-may kuni TIVKda ishtirok etayotgan delegatsiya rahbarlari ShHTga raislik qilayotgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov tomonidan qabul qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net