O‘ZBEKISTON – INDONEZIYA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON – INDONEZIYA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI TO‘G‘RISIDA
2018-11-29 12:58

Uchrashuvda umumiy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mehmonlar O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosati to‘g‘risida xabardor qilindi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston – Indoneziya siyosiy maslahatlashuvlarining 7-majlisi o‘tkazidi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.

Tomonlar deyarli barcha sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish uchun sezilarli salohiyat mavjudligini e’tirof etdilar va ularni oshirish borasida qat’iy maqsadi borligini tasdiqladilar.

2018-yilning birinchi 9 oyida o‘zaro savdo o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 1,5 barobarga o‘sdi va qariyb 38 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga O‘zbekistonga tashrif buyurgan indoneziyalik turistlar, jumladan islomiy qadamjolarni ziyorat qiluvchilar soni ham deyarli ikki barobarga ko‘paygan. Shu nuqtayi nazardan tomonlarning munosabatlarni mustahkamlash sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflari hamda mahsulotlar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Maslahatlashuvlar chog‘ida BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net