
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammit yakunida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘ndan ziyod hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Ashxobod shahrida “Toshkent” bog‘ining ochilishi, «Xorazm - Toshovuz» chegaraoldi savdo markazi qurilishining boshlanishi ham tashrifning muhim voqealari bo‘ladi.