O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi
2022-10-14 19:40

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, 13 oktyabr kuni davlatimiz rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida nutq so‘zlab, savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, ekologiya, xavfsizlik sohalari va Afg‘oniston masalasi bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. 

14 oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti ham bo‘lib o‘tdi.

Tashrif yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixon Smailov kuzatib qo‘ydi.

Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net