O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi
2022-10-13 18:17

Ushbu Bitim Eron Islom Respublikasi Prezidentining 14-16 sentyabr kunlari O‘zbekistonga (Samarqand shahri) buyurgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.

TIV Shartnoma-huquq departamenti maʼlumotiga ko‘ra, mazkur hujjat 11 moddadan iborat bo‘lib,  uning kuchga kirishi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yana-da mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turizm, fan va ilmiy faoliyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hujjatda ikki davlat o‘rtasida bevosita sayyohlar almashuvini tashkil qilish, ishbilarmonlik va ilmiy sohadagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mushtarak kelishuv o‘z aksini topgan.

 Mazkur hukumatlararo Bitimni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi masʼul etib belgilangan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net