Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
2022-12-21 10:46

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Davlat rahbarlari bir-birlarini samimiy qutlab, qisqa suhbat o‘tkazdilar.

Shundan so‘ng Qozog‘iston yetakchisi «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, anʼanaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Qasim-Jomart Toqayev majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net