
Yig‘ilishda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev ishtirok etdi
Videoaloqa orqali chet eldagi O‘zbekiston elchixonalari va konsulxonalari rahbarlarining biriktirilgan mintaqalar kesimida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va davlatimiz rahbarining mamlakat hududlariga tashrifi chog‘ida bergan ko‘rsatmalarini bajarish bo‘yicha hisobоtlari tinglandi.
Investitsiya loyihalari bajarilishini tezlashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha 20-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilish chog‘ida berilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmalariga muvofiq Tashqi ishlar vazirligida xorijdagi vakolatxonalarning dastlabki uch oydagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ikkinchi chorak uchun aniq maqsadlar belgilandi, shuningdek, ushbu sohada idoralararo faoliyatni muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.