
Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Vazir Elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Venesuela munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish, avvalambor, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Anvar Ilyosov olgan surat