
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dinamik va samarali ko‘rinishi mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, shu nuqtayi nazardan O‘zbekistonda “Xususiy huquq” va “Tibbiyot” kabi mutahassisliklarda Yevropa OTMlari filiallari tarmog‘ini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi doirasida umumiy budjeti 25 mln. yevro bo‘lgan “Chorvachilik sektorini rivojlantirish”, “Adliya organlari tomonidan respublika mintaqalarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash” loyihalarini Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.