
Musobaqa doirasida Bonu Egamberdiyeva -68 kg. vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shuhratbek Namozov (-84 kg.) finalga qadar o‘tgan janglarda zafar quchib, kumush medal sohibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ayollar o‘rtasida -55 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda terma jamoamiz a’zosi Sevinch Rahimova karatening kumite yo‘nalishida kumush medali bilan taqdirlangan edi.